У нас есть только
оригинальные песни

«Ravon Matiz» Rossiya avtobozoridagi eng arzon avtomobil deb tan olindi

calendar 28.12.2015
1202

             

«Rossiyskaya gazeta» nashri 2015 yilning dekabr oyidagi eng arzon yangi avtomobillar o'nligini tuzib chiqdi. Mazkur ro'yxatning birinchi pog'onasida «Ravon Matiz» nomi qayd etilgan. Ayni paytda «Ravon Matiz» Rossiyada 314 ming rublga sotilmoqda.

Xitoyliklarning «Lifan Smily» kichik xetchbeki ikkinchi o'rinni mustahkam egallagan. Standart jamlanmasi bilan mazkur avtomobil 319 900 rublga baholangan. Mashina tashqi tomondan britaniyaning Mini Cooper`ini eslatib, 1,3 litrli 89 ot kuchiga ega motor bilan ta'minlangan.

Keyingi o'rinlarda «Lifan Smily New» (364,9 ming rubl), «Lada Granta» (368,9 ming rubl), «Lifan Solano» (379,9 ming rubldan boshlanadi), «Lada Granta» (388,5 ming rubldan boshlanadi), «Geely GC6» sedani (389 ming rubldan boshlanadi) «Chery Bonus» (389,9 ming rubl), «Renault Sandero» xetchbeki (399 ming rubl) va «Chery Very» xetchbeki (399999 rubl), «Datsun on-DO» (400 ming rubldan boshlanadi).

«Ravon Matiz» sitikarining yangi avlodi Rossiyada 2016 yilning mart-aprel oyidan savdoga chiqarilishi ma'lum bo'ldi. Rossiya top-10 reytingiga 379 ming rubldan boshlanadigan «Ravon Nexia» avtomobilining kiritilishi ham kutilmoqda.

«2016 yilning birinchi qismida Rossiya bozorida «Ravon Matiz» va «Geely GC6» narxlari o'sishi kutilmoqda. O'z navbatida boshqa arzon avtomobillar paydo bo'lishi mumkin. Xususan, fevral oyida narxi 380 ming rubl atrofida bo'ladigan «Lada Priora», may oyida 250 ming rubldan taklif etiladigan «Bajaj Qute» avtomobillari bozorga chiqishi mumkin", deyiladi maqolada.

Яндекс.Метрика