Ravon R2 va Nexia Rossiya bozoridagi eng arzon xorijiy markalar beshligiga kirdi

Daily Motor avtomobil nashri ekspertlari 2017-yilning avgusti holatiga Rossiya bozoridagi eng arzon chet el markalarini aniqladi, deb yozadi “1news.uz”.

Reytingda birinchi o‘rinni Yaponiyaning Datsun on-Do arzon brendi sedani egalladi, u rossiyaliklarga 436 ming rublga tushadi. Mashina 1,6 litrli, 872 ot kuchiga teng benzinli dvigatel bilan jihozlangan.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarda tegishli ravishda Ravon R2 va Nexia avtomobillari joylashdi. 85 ot kuchiga teng 1,2 litrli motori bo‘lgan Ravon R2’ning narxi 439 ming rubldan, 106 ot kuchiga teng 1,5 litrli dvigateli bo‘lgan Ravon Nexia narxi esa maxsus taklif bo‘yicha 449 ming rubldan boshlanadi.

Reytingning to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarini Xitoyning Brilliance H230 (459,9 ming rubldan boshlanadi) va yana bir “xitoylik” — FAW Oley sedani (491 ming rubldan boshlanadi) egalladi.


Комментарии (2) | Добавить: 07.08.2017
2. Азамат (08.08.2017 08:13)
Комментарий удален.
1. Shaxboz_95 (08.08.2017 07:09)
O'zimizga ham arzon sotila
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]