У нас есть только
оригинальные песни

Ravon Rossiya bozorlarida

calendar 10.10.2015
3872

Moskva shahrida Ravon nomli yangi avtomobil brendining taqdimoti bo'lib o'tdi. Bu marka ostida GM Uzbekistan zavodining Daewoo Matiz, Gentra, Chevrolet Spark, Cobalt va Aveoning keyingi avlodlari modellarini sotish rejalashtirilmoqda.

Daewoo avtomobil markasi Rossiyadagina saqlanib qolgan bo'lib, mazkur bozorda o'z mashhurligini tezlik bilan yo'qotib bormoqda. Sentyabr oyida 1 746 ta avtomobil sotilgan, bu esa o'tgan yilgi ko'rsatikichdan 26 foizga kam. Savdolarning tushishi yil boshidan beri 51 foizga etdi.

Kasodga uchragan koreys avtomobil ishlab chiqaruvchisining egasiga aylangan General Motors bu brendan voz kechganiga ko'p bo'ldi. Daewooning eski modellarini ishlab chiqaruvchi Asaka zavodiga kelsak, maxsus bitimga muvofiq bu markadan foydalanishi lozim. Brendga bo'lgan egalik huquqi 2006 yildan beri Daewoo Internationalga tegishli bo'lib, u mashinalarni Saudiya Arabistonida ham chiqarish istagini bildirgan. Nomning o'zgarishi ixtiyoriy ravishda sodir bo'layotgani yo'q, eski brendni saqlab qolishga bo'lgan intilish esa ishlab chiqaruvchi uchun ma'nisiz: Rossiya lineykalarida Daewooning hozirgi modellaridan mikrolitrajli Matizgina saqlanib qolgan, bir muddat oldin mashhur bo'lgan Matiz esa Rossiyaga endilikda etkazib berilmayapti.

Asakadagi zavod General Motors qo'shma korxonasi doirasida asosan Chevrolet avtomobillarini chiqaradi. Ichki bozorda GM Uzbekistanning eski modellari ham, yangilari ham Chevrolet markasi ostida sotilmoqda. Rossiya uchun bu variant to'g'ri kelmaydi, chunki Amerika kompaniyasi bir oz muddat oldin byudjet segmentini tark etish istagini bildirgan edi.

Rossiya bozori uchun yangi brend o'ylab topishga to'g'ri keldi. O'zbek tilidagi "ravon so'zi” "oq yo'l” ma'nosini anglatadi. Bundan tashqari, kompaniya vakillari RAVON qisqartmasiga Reliable Active Vehicle On Road sifatida ta'rif bermoqdalar, bu esa "har qanday yo'l sharoiti uchun ishonchli va dinamikaga ega avtomobil” deya tarjima qilinishi lozim.

Xetchbek Matiz va sedan Gentra yangi avtomobil markasining ilk modellari bo'ladi. Taqdimotda namoyish etilgan avtomobillar ancha o'zgargan. "Matiz” da yanga svetodiodli optika, o'ziga xos chiroqlar, tumanga qarshi katta qurilma mavjud. Bamperlarning ichki qismi, eshiklardagi moldinglar, g'ildirak arkalari bo'yalmagan plastikdan ishlangan. Intererda haydovchi tomonga qarab o'rnatilgan multimediya tizimli katta ekranli konsol o'rnatilgan.

"O'zavtosanoat” raisining o'rinbosari va GM Uzbekistan ning bosh direktori Tohirjon Jalilov "Matiz”da xavfsizlik yostiqchasi, ABS va immobilayzer bo'ladi, deya va'da berdi. "Djentra” biroz o'zgartirilgan svetodiodli optika va yangilangan old bamper, shuningdek yangi operatsiyalar: teri bilan qoplangan rul va ko'p funktsiyali displeyga ega bo'ldi.

9 oktyabrdan boshlab Ravon ning 20 ta yirik shaharlardagi barcha dilerlik markazlarida yangi "Matiz” va "Djentra” modellarining savdolari boshlanadi. Yangi avtomobil brendining rasmiy saytidagi ma'lumotlarga ko'ra, bu hali ham o'sha o'zgartirishlar kiritilmagan Matiz va Gentradir. Narhlar ham o'zgarmagan. "Matiz” 314 dan 414 ming rubl, "Djentra” esa 439-619 ming rubl qiymatida baholangan.

Ravonning ilk yangiligi yangi Nexia bo'ladi, keyingi yil davomida Rossiya bozorlariga R2 va R4 ham chiqariladi. Tohirjon Jalilov kelajakda shahar sedani va har qanday yo'lda yuradigan avtomobil lineykasini kiritishga va'da berdi. Gap krossover Captiva va sedan Malibu haqida ketmoqda.

GM Uzbekistan Rossiyaga sotmoqchi bo'lgan modellar Rossiyada o'z mashhurligini yo'qotgan. Nexia va Matiz mana uch yildirki o'z xaridorlarini yo'qotishda davom etmoqda, Gentra va Chevrolet Cobalt ning sotuvlari raqobatchilarnikiga qaraganda past bo'ldi. A segmant mashhurlikni yo'qotdi, V klassda esa so'nggi yillarda bir necha jiddiy o'yinchilar paydo bo'ldi (Nissan, Almera, Renault Logan va tez orada Lada Vesta). Biroq o'zbek avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyadagi o'rnini bermoqchi emas va 2020 yilda Rossiya bozorining 5 fozidan kam bo'lmagan ko'rsatkichini egallashni rejalashtirmoqda.

GM Uzbekistan tarixi

1992 yil Koreyaning Daewoo va O'zbekistonning "O'zavtosanoat” tashkilotlari o'rtasida Uz-Daewoo Auto Co. qo'shma korxonasini qurish to'g'risida bitim imzolandi. 1996 yilda ishga tushirilgan zavod Nexia, Damas, Tico modellarini ishlab chiqara boshladi. 2001 yilda ularga Matiz, 2013 yilda esa Gentra qo'shildi. 2002 yilda General Motors kontserni Daewoo korporatsiyasining kasodga uchragan bo'linmasini sotib oldi, biroq o'zbek filiali o'sha vaqtda uni qiziqtirmas edi. Bir necha yil o'tgach, amerikalik ishlab chiqaruvchi baza asosida Asaka shahrida GM Uzbekistan qo'shma korxonasiga asos solib, yangi Chevrolet modellarini ishlab chiqarish bilan shug'ullana boshladi.


Яндекс.Метрика