У нас есть только
оригинальные песни

Ravshan Ermatov guruhi Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi

calendar 15.07.2018
924

FIFA referisi, Jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yinni boshqarish bo‘yicha rekord sohibi hamyurtimiz Ravshan Ermatov Rossiyada o‘tkazilayotgan mundialda ishtirok etib qaytdi.

Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar JCh-2018dan o‘rin olgan Argentina – Xorvatiya va Ispaniya – Marokash uchrashuvini boshqarib borishdi. Shu tariqa Ravshan Ermatovning mundiallarda boshqargan uchrashuvlari soni 11taga yetdi. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi.

Bugun tunda Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida O‘FA mutasaddilari, futbol muxlislari va OAV xodimlari kutib olishdi.

Ravshan Ermatov Jahon chempionati davomida ularni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tar ekan, futbol bo‘yicha 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida Vatanimiz nomi yangraganidan benihoya baxtiyor ekanini bildirib o‘tdi.

Manba: xabar.uz

Яндекс.Метрика