У нас есть только
оригинальные песни

Ravshan Ermatov “Orient Finans” bankida MasterCard kartasini ochdi

calendar 10.02.2017
992

“Orient Finans” banki xorijiy moliyaviy institutlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga urg‘u berib, xalqaro aloqalar rivojlanilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa bankning moliyaviy tuzilmasiga dunyoning eng keng tarqalgan to‘lov tizimlaridan biri MasterCard’ni joriy etish uchun turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda “Orient Finans” banki eng zamonaviy va xavfsiz hisoblangan MasterCard mikroprotsessorli kartalarini taqdim qilmoqda.

Dunyo darajasidagi futbol hakami, ko‘pgina xalqaro va milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston iftixori — Ravshan Ermatov MasterCard xalqaro valyuta plastik kartasini ochish maqsadida yana bir bor “Orient Finans” bankiga tashrif buyurdi.

 

Яндекс.Метрика