У нас есть только
оригинальные песни

Ravshan Sobirov yangi albom taqdimotini o'tkazadi

calendar 10.01.2016
1180

Taniqli xonanda Ravshan Sobirov ijodiy faoliyatini jonlantirdi. Xonanda ma'muri bergan ma'lumotga qaraganda, u yangi albomini taqdim etish arafasida turibdi.
Aytilishicha, yangi albomdan 21ta yangi qo'shiq o'rin oladi. Albomni tayyorlashda Ruslan Sharipov, Vagif Zakirov, Ali Niyazimbetov, Husan Sodiqovlar hamkorlik qilindi.
Bundan tashqari, yangi kliplar ishlandi: AQShda “Yaxshimi, yomonmi” qo'shig'iga, Tailandda “sevdim” qo'shig'iga klip olindi.
Ayrim qo'shiqlarning kaver versiyalari yaratildi. Jumladan, Leyli bilan “Xayr maktabim” qo'shig'i yangi ko'rinishda kuylandi, “Askar” qo'shig'iga yangi versiyada musiqiy bezak berildi va klip ishlandi.
Bularning barchasi bilan yangi albomda tanishish mumkin bo'ladi.

Яндекс.Метрика