Rayhon: Oilam hazil-mutoyiba uchun mavzu bo‘lishini istamayman

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon 20—24-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert arafasida jurnalist Feruz Muhammad xonandaning ijodiy faoliyati, shou-biznes yangiliklariga munosabati va shaxsiy hayoti haqida Rayhon bilan suhbatlashdi.

— Sizningcha kim ko‘proq reklamaga pul sarflaydi — Sizmi yoki Lola, Shahzoda, Munisa Rizayevami?
— Men boshqa san’atkorlarni muhokama qilmayman va reklama qancha turishini ham bilmayman. Men ijod odamiman, ijod bilan shug‘ullanaman. Sahna bezaklari, musiqiy materiallar, vokal, raqslar, liboslar, ekran uchun videotasvirlar, harakatlar ketma-ketligini birga o‘ylab topamiz. Konsert — mashaqqatli mehnat talab etadigan jarayon.

— Hech qanday reklamasiz necha yil muxlislarning yodidan chiqmaslik mumkin deb o‘ylaysiz?
— Ijodiy jarayonni reklamasiz qancha ushlab turish mumkin? Menimcha, barcha san’atkorlar yanada faol ijod qilish orqaligina “ijoddagi umrlari”ni uzaytirishi mumkin. Masalan, aksariyat marhum san’atkorlar aynan o‘z ijodi bilan hali ham hayot. Shu tufayli, san’atkor va reklama — boshqa-boshqa qutblardagi tushunchalardir.

— Davlat telekanallarida deyarli ko‘rinish bermaysiz, lekin ularni ham kuzatib borasizmi yoki kuzatuvingiz “Mening yurtim”, “Milliy TV” bilan cheklanganmi?
— Hozir televizor ko‘rishga deyarli vaqtim yo‘q. Imkon bo‘lsa, “Milliy TV”ni kuzatib boraman.

— O‘z vaqtida kinoda ham rol o‘ynagan edingiz. Sizni yana kinoda ko‘rishimiz mumkinmi?
— Mening asosiy kasbim — xonandalik, undan ortsam, aktrisalik qilishim mumkin. Lekin hozircha bunga vaqt yo‘q.

— “Million”, “Dizayn” va boshqa kulgu jamoalari o‘z hazil-chiqishlarida siz va Yigitali mavzusiga ko‘p bora murojaat qilgan. Bu holat, balki, Siz va Farhod Alimovga nisbatan ham davom etishi mumkin. Bu hazillarga qanday munosabatdasiz?
— Mening oilam hazil mavzusi bo‘lishini istamayman.

— “Istiqlol” san’at saroyida 10 martadan ortiq konsert bergansiz. Qaysi biri eng qiyin bo‘lgan va qiyinchilik nimadan iborat edi?
— Bo‘lajak konsertim, Xudo xohlasa, hisob bo‘yicha 14-yakkaxon dasturim. Har bir konsert mashaqqatli, unisi yo bunisi oson yoki qiyin bo‘ldi, deb bo‘lmaydi. Bariga ulkan tayyorgarlik ko‘riladi. Jismoniy va ruhiy jihatdan og‘ir jarayon. Aslida, bu sening bir yillik ijoding taqdimoti. Aynan yakkaxon konsertida san’atkor o‘zini to‘la namoyon etishi mumkin. Qo‘shiq bir epizod bo‘lsa, konsertda sen butun qobiliyatingni — aktyorlik mahoratidan tortib vokal, raqsgacha ko‘rsatishing, ularni uyg‘unlashtira olishing kerak.

— So‘nggi ikki yillikda kimlarning konsertiga, haqiqatdan muxlis bo‘lib, bilet sotib olib kirdingiz?
— Hamkasb do‘stlarim konsertlariga doim boraman. Shu kunlarda Filipp Kirkorov konsertiga bormoqchiman.

— Siz katta umid bog‘lagan, katta pul sarflagan, ammo natijasiz tugagan ijod mahsullaringiz bo‘lganmi?
— Har qanday qo‘shiqqa juda ko‘p kuch va mablag‘ sarf bo‘ladi. Har qanday qo‘shiqqa ruhingni baxsh etasan. U xit bo‘ladimi yoki yo‘q — bunisi Xudodan. Men o‘zimdan talab qilinganini bajaraman, uyog‘i taqdirga havola.

— Konsertingiz haqiqatdan ham ajoyib o‘tadi. Har bir qadam, hatto olinadigan nafas ham xuddi oldindan puxta o‘ylangandek. Bitta dasturga qancha vaqt tayyorgralik ko‘rasiz?
— G‘oya bir yil davomida shakllantiriladi. Tayyorgarlikka esa yarim yil ketadi.

— Nima deb o‘ylaysiz, konsert qo‘yish va ko‘p kunlik konsert berish ham qandaydir reytingni belgilab beradimi? Agar belgilab bersa, endi Ozodbek Nazarbekovning reytingi tushib ketadimi?
— Ozodbek akaning reytingiga keladigan bo‘lsak, buni muhokama qilmayman. Konsert kunlari reytingga umuman ta’sir qilmaydi. Konsert saviyasi, sifati, sen nima bera olishingdan, nima kuylayotganingdan, harakatlaringdan reyting paydo bo‘ladi. Menimcha, Ozodbek aka mamlakat musiqa madaniyatiga o‘zining shunday salmoqli hissasini qo‘shdiki, hech narsa, hatto konsert kunlari ham ahamiyatga ega emas.

— Yana necha yil konsert dasturingizni taqdim qilishingiz mumkin? Kun kelib Shahzoda singari yetti kun, Ozodbek Nazarbekov kabi 21—25 kunlab konsert berishingiz mumkinmi?
— Yana takrorlayman — men boshqa san’atkorlarni muhokama qilmayman. Konsertim kunlarini o‘zim xohlaganimdek, kuchimdan kelib chiqib belgilayman. Men konsertga borimni beraman, jismonan tiklanib olishimni hisobga olib, besh kun konsert qo‘ymoqchiman.


Комментарии (0) | Добавить: 14.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi
Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi
KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi
GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi
ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi
iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda