У нас есть только
оригинальные песни

RBK: Alisher Usmonov Uber investori ekanligi ma'lum bo'ldi

calendar 23.01.2016
1363

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov va uning hamkorlariga tegishli USM Holdings kompaniyasi AQShning Uber taksi xizmati investorlari qatorida borligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda xoldingga yaqin bo'lgan manbaga iqtibos keltirgan holda RBK nashri ma'lum qildi.

Bu ma'lumotni, shuningdek, Uber vakillari ham tasdiqlashdi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, USM startapga 2015 yilning yozida investitsiya kiritgan. Manba investitsiyalar miqdori bir necha o'n million dollarni tashkil qilganini ham ma'lum qildi.

USM Holdings’ning o'zida esa ushbu ma'lumotga izoh berilmadi.

Яндекс.Метрика