У нас есть только
оригинальные песни

«Real» Azarni transfer qilmoqchi

calendar 01.01.2018
1082

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarning transferi uchun rekord qiymatdagi taklifni tayyorlamoqda.

The Sun xabariga ko'ra, «galaktikos» belgiyalik hujumkor futbolchi uchun 120 million yevro berishga tayyor. Bu esa madridliklar tarixidagi rekorddir.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 26 yoshli Azar aynan Ispaniya grandi qiziqishi tufayli, «ko'klar» bilan yangi shartnoma imzolamagan edi.

Futbolchining amaldagi mehnat bitimi 2020 yilgacha mo'ljallangan.

Яндекс.Метрика