«Real»da navbatdagi muammo paydo bo'ldi

«Real» himoyachisi Marselo «Levante»ga qarshi uchrashuvda  (1:1) olgan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi uchun qattiq jazolanishi mumkin, deb yozmoqda As.

Braziliyalik futbolchi  uchrashuvning 89-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi. Uchrashuv hakami Alexandro Ernandes «Real» himoyachisini Jyefferson Lermaga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun chetlatgandi.

O'yin qaydnomasida yozilishicha, Marselo Lerma to'psiz turgan vaziyatda uning orqasidan kelib beliga zarba bergan. Liga qoidalariga ko'ra, agar futbolchi to'psiz holatdagi harakati uchun qizil kartochka olib maydonni tark etsa 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Agar tartib-intizom qo'mitasi Marselo bu ishni ataydan qilgan deb hisoblasa diskvalifikatsiya 4 uchrashuvga qadar oshishi mumkin bo'ladi.


Комментарии (1) | Добавить: 10.09.2017
1. _-Elbek-_ (13.09.2017 11:54)
Yaxshi bo'lipti shu
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]