У нас есть только
оригинальные песни

«Real» keyingi haftada «yangi Zlatan»ni sotib olishini ma`lum qildi

calendar 15.01.2017
1769

17 yoshli shvetsiyalik hujumchi, ayni vaqtda AIK klubi hujumchisi hisoblanadigan, skautlar tomonidan «yangi Zlatan» sifatida qaralayotgan Aleksander Isak keyingi haftada «Real» bilan shartnoma tuzadi.

AS ma`lumotiga ko'ra, yosh futbolchining vakillari 18 yanvar kuni kelishuvni imzolash uchun Madridga yo'l oladi. «Real» futbolchini hozir safga qo'shib olishi mumkin, ammo FIFA tomonidan qo'llangan sanksiyalar tufaayli uni faqat yozda qaydnomaga kirita oladi.

AIK jamoasi o'z tarbiyalanuvchisi uchun qancha mablag' so'rayotgani ma`lum emas. 

Shvetsiya terma jamoasida Isak ikki marta maydonga tushdi va ikkinchi o'yinda gol urdi. Bu orqali u terma jamoa tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Яндекс.Метрика