У нас есть только
оригинальные песни

“Real Madrid” klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqdi

calendar 17.12.2014
3327


"Real Madrid” klublar o'rtasidagi jahon chempionatining dastlabki finalchisiga aylandi, deya xabar bermoqda "Interfaks”. YeChLning amaldagi g'oliblari 16 dekabr, seshanba oqshomida bo'lib o'tgan yarim final bahsida KONKAKAF mintaqasidagi klublar o'rtasidagi asosiy musobaqa g'olibi – "Krus Asul”ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Har ikkala taymda ikkitadan gol urgan madridliklar (Serxio Ramos, 15-daqiqa; Benzema, 36-daqiqa; Beyl, 50-daqiqa; Isko, 72-daqiqa) yakunda 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shuningdek, 39-daqiqada "Real” darvozasiga belgilangan penaltini Xerardo Torrado golga aylantira olmadi, "Real” darvozaboni Kasilyas zarbani qaytarib, ketma-ket ikkinchi o'yinda penaltini bartaraf etdi. Shu tariqa, "Real” g'alabali o'yinlar seriyasini 21ta o'yinga etkazdi. Anchelotti shogirdlarining finaldagi raqibi "Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) va "San-Lorenso” (Argentina) jamoalari o'rtasidagi 17 dekabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda aniqlanadi.
Яндекс.Метрика