У нас есть только
оригинальные песни

“Real”ni 13 yil ichida boshqargan 11 murabbiy (fotogalereya)

calendar 27.07.2016
3743

Madridning “Real” klubi so‘nggi 13 yil ichida 11 ta murbbiyni boshchi sifatida tanishtirdi. Ularning ayrimlari “qirollik klubi” uchun omadli keldi, ba’zilari esa hech narsa yutmasidanoq Madrid jamoasi bilan xayrlashdi.

Foto: Juantadeo.wordpress.com

Foto: Juantadeo.wordpress.com

“Stadion” sayti “Interfutbol” nashriga asoslanib, so‘nggi 13 yil davomida “Real”ni boshqargan murabbiylar haqida qisqa ma’lumot berdi.

Karlush Keyrush

Foto: Stadion

Foto: Stadion.uz

2003/04-yilgi mavsumlarda jamoani boshqardi. Ayni vaqtda Eron milliy terma jamoasini boshqarayotgan mutaxassis Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqandi.

Xose Antonio Komacho

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2004/05-yilgi mavsumlarda faoliyat olib bordi va “Real” bilan sovrin yutishga ulgurmadi.

Xuan Ramos Lopes

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2005/06-yilgi mavsumlarda ishlagan bu mutaxassis ham “Real” bilan sovrin yutganman deb maqtana olmaydigan bo‘lib qoldi.

Fabio Kapello

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2006/07-yilgi mavsumlarda “Real”ga ustozlik qilgan italiyalik mutaxassis mamlakat chempionligini nishonlashga ulgurdi.

Bernd Shuster

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2007/08-yilgi mavsum avvalini “Real” Superkubok bilan boshladi. Shuster jamoaga La Liga oltin medallarini ham olib berdi.

Xuan de Ramos

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2008/09-yilgi mavsumni Madrid klubida o‘tkazgan mutaxassis “Real” safida sovrin yutolmadi.

Manuel Pelligrini

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2009/10-yilgi mavsumlarda “Real”da ishlagan murabbiyga mavsumni yakunlash uchun imkoniyat berishdi. O‘sha yili “Real” raqiblari darvozasiga gollar yomg‘irini yog‘dirdi, biroq chempionlik baribir “qirollik klubi”ga nasib qilmay, ular mavsumni 2-o‘rinda yakunlashdi.

Joze Mourinyo

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2010/13-yilgi mavsumlar oralig‘ida Mourinyo La Ligada zafar quchdi, Ispaniya Kubogida g‘olib chiqdi, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Uning orzusi “Real” bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish bo‘lib qoldi.

Karlo Anchelotti

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2013/15-yilgi mavsumlarda “Real” muxlislarining qalbidan joy olgan murabbiy Ispaniya chempioni bo‘la olmadi. Biroq qolgan hammasini yutib ko‘rdi: Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempioni, Ispaniya Kubogi.

Rafael Benites

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2015/16-yilgi mavsumni tugatish Rafaga nasib qilmadi. “Real”da ish boshlagan murabbiy, “Nyukasl” safida Premyer-Ligadan tushib ketish bilan mavsumni yakunladi.

Zinedin Zidan

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

2016-yildan boshlab jamoani qabul qilib olgan murabbiy Chempionlar Ligasida zafar quchdi va La Ligani 2-o‘rinda yakunladi.

Яндекс.Метрика