У нас есть только
оригинальные песни

«Real»ning 7-raqami boshqa hujumchiga o'tdi

calendar 31.08.2018
1234

«Real» hujumchi Mariano Diasni klub a`zosi sifatida jamoatchilikka tanishtirdi. Futbolchi 7-raqam ostida to'p suradigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, «qirollik klubi» tarixida ushbu raqam Raymon Kopa, Amansario Amaro, Xaunito, Emilio Butrageno, Raul va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilarga tegishli bo'lgan.

Kataloniyada tavallud topgan dominikanlik Mariano «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U klub tizimida 5 yil faoliyat yuritgach, 2016/17 yillar mavsumida asosiy jamoaga jalb etilgan (14 o'yin va 5 ta gol), mavsum yakunida «Lion»ga sotib yuborilgan. Transfer summasi 8 million yevroni tashkil etgani aytilgandi.

25 yoshli Dias o'tgan yil davomida 1-divizion vakili safida 45 o'yin o'tkazib, 21 ta gol muallifi bo'ldi. U bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.

Яндекс.Метрика