У нас есть только
оригинальные песни

"Real" O'zilni Madridga qaytarmoqchi

calendar 13.12.2015
1767

Madridning "Real" jamoasi germaniyalik yarim himoyachi Mesut O'zilni ortga qaytarmoqchi.

Don Balon nashri xabariga ko'ra, madridliklar uni Xames Rodrigesning o'rniga olib kelishmoqchi.

Bundan oldinroq, kolumbiyalik yosh futbolchi Xames jamoani tark etish niyatida ekani xabar qilingandi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Real" rahbariyati O'zil uchun "Arsenal"ga 40 million evro taklif qilmoqchi.

27 yoshli futbolchining londonliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zil 2010 yildan 2013 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgandi.

Joriy mavsumda O'zil "Arsenal" safida 16 tur o'yinida 2ta gol urib, 11ta golli uzatma amalga oshirgan.

Яндекс.Метрика