У нас есть только
оригинальные песни

«Real» Ronalduning narxini oshirdi

calendar 07.07.2018
1019

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ga o'tishi murakkablashmoqda. 

La Stampa xabariga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolchi uchun 150 million yevro so'ramoqda. Bundan tashqari, 130 million yevrodan kam bo'lgan takliflar ko'rib chiqilmaydi.

Avvalroq, Turin klubi Ronalduni 100 million yevroga sotib olishi, transfer 7 iyul kuni e`lon qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Yuventus» klubining sobiq rahbari Luchano Modji esa Ronalduni Turin klubi bilan shartnoma imzolaganini aytgan edi.

Italiya nashrlari esa bu futbolchining Italiyaga kelishidan shubhalana boshlashgan, xuddi shu vaqtda «Manchester Yunayted» portugaliyalik yulduz uchun da`vogar bo'lib chiqqan.

Ayni vaqtda 33 yoshda bo'lgan Ronaldu «Real» safida 2009 yildan buyon to'p surib keladi. Uning «Qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. 

Яндекс.Метрика