У нас есть только
оригинальные песни

"Real" Ronalduning o'rniga Neymarni olib, unga 35 mln yevrolik maosh tayinlamoqchi

calendar 27.01.2016
1559

"Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Barselona" jamoasi hujumchisi Neymarni transfer qilish uchun futbolchiga 35 mln yevro miqdorida maosh taklif yetmoqchi. Bu haqda sport.es xabartarqatgan.

Xabar qilinishicha, Peres mavsum oxirida jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlikni to'xtamoqchi va uning o'rniga aynan Neymarni olib kelmoqchi.

Ayni damda Neymarning "Barselona"dagi yillik daromadi 15 mln yevroni tashkil qiladi.

Gazetada yozilishicha, agar bu transfer amalga oshadigan bo'lsa, Neymar 30 mln yevro miqdoridagi bonusga ham yega bo'ladi.

Neymarning shartnomasida uni transfer qilishni istagan jamoa 190 mln yevro to'lashi kerakligi belgilab qo'yilgan. Ronalduning shartnomasida yesa bu miqdor 1 mlrd yevro.

Яндекс.Метрика