У нас есть только
оригинальные песни

«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi

calendar 20.11.2017
1725

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidanni iste`foga chiqarish haqida o'ylamoqda.

Don Balon ma`lumotiga ko'ra, Peres fransiyalik mutaxassisga ishonadi, ammo uni «Real»ning joriy mavsumdagi natijalari tashvishga solmoqda. Agar Zidan mavsum yakuniga qadar vaziyatni o'nglay olmasa, klub uning o'rniga boshqa mutaxassis olib keladi.

Madridliklar klubi rahbariyati ayni vaqtda ko'p vaqtdan buyon Germaniya terma jamoasini boshqarib kelayotgan Yoaxim Levni ko'z ostiga olib qo'ygan. Xabar qilinishicha, Peres 57 yoshli ushbu mutaxassis bilan gaplashib olgan, u 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin «Real»ga kelishi mumkin.

Ma`lumot uchun, o'tgan ikki mavsumda yuksak natijalar ko'rsatgan «Qirollik klubi» bu mavsumda inqiroz ko'chasiga kirib qoldi. Jamoa ayni vaqtda ichki chempionatda asosiy raqib «Barselona»dan 10 ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda bormoqda.

Zidan bosh murabbiylikka 2016 yil yanvarida kelgandi, u o'tgan vaqt ichida klub bilan 7 sovrin yutib oldi. 

Яндекс.Метрика