У нас есть только
оригинальные песни

Rejissor Zulfiqor Musoqov “Berlin — Oqqo‘rg‘on” filmining suratga olish ishlarini boshladi

calendar 28.04.2018
1133

Rejissor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida “Berlin — Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan filmning suratga olish ishlarini boshladi. Rejissor suratga olish ishlari haqida  jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.

Filmning nomi oddiy. Bo‘lajak filmda sodir bo‘ladigan voqealar Berlin va bolaligim o‘tgan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida bo‘lib o‘tgani uchun “Berlin — Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan.

Ayni vaqtda ham Oqtoshda suratga olish ishlari bilan bandmiz. Bosh rollarni Ra’no Shodiyeva, Nigora Karimboyeva, Hasan Shuhratov, Seydulla Maldaxonov hamda ko‘pgina yangi aktyor-aktrisalar ilk marta rol ijro etishmoqda.

Suratga olish ishlari xudo xohlasa avgust oylarida nihoyasiga yetsa kerak. Hozircha filmning premyera kuni haqida aniq bir gap ayta olmayman, menimcha 2018-yilning oxirigacha premyera bo‘lib qoladi.

Suratga olish ishlari Berlin shahrida ham bo‘lib o‘tadi. Berlindagi suratga olish ishlari bir oy, bir yarim oylardan so‘ng bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Berlindagi suratga olish ishlarida 5—6 ijodkorlardan iborat kichikroq guruh ishtirok etadi.

Zulfiqor Musoqov, rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi

Яндекс.Метрика