У нас есть только
оригинальные песни

Rekordlar kitobidan o'rin olgan eng so'nggi rekordlar

calendar 01.10.2015
4328


Ginnessning rekordlar kitobiga har yili yangi-yangi rekordlar kiritiladi. Bu yil ham bundan mustasno emas. Kitobdan o'rin olgan eng so'nggi rekordlar bilan tanishing.

1. Takeru Kobayashi — sayyoramizdagi eng tezkor emakxo'r. U 3 daqiqa ichida 67 dona gamburgerni paqqos tushirdi.

2. Li Longlong zinadan boshi bilan tusha oladi.  

3. Germaniyalik Oliver Strumpfel 25ta krujkadagi pivoni 40 metr masofaga olib bordi.

4. Gerxard Donu — vantuzni hammadan aniqroq nishonga ura oladi.

5. Kala Kaivining quloq suprasi hammanikidan katta.

6. Dinesh Upadxya bir daqiqada 89 dona uzum donasini og'ziga joylashtirdi.

7. Xitoylik oila dunyodagi eng bo'yi baland juftlik sifatida Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi. Sun Minminning bo'yi — 236,17 sm, rafiqasi Syuy Yanning bo'yi esa — 187,3 sm.

8. Kim Gudman o'z ko'zlari bilan boshqalardan ajralib turadi.

9. Britaniyalik Jonni Stpenj samolyotni quloqlari yordamida 20 metp masofaga sudrab bordi. Samolyotning og'irligi 670 kg edi.  

10. Ahmad Taftsi boshi bilan bir daqiqada 43 dona tarvuzni yordi.  

11. Jonivorlar orasida ham rekordchilar bor. Berti laqabli toshbaqa eng tezyurar toshbaqa sifatida kitobga kiritildi. U 100 metr masofani 6 daqiqa ichida bosib o'tdi. 

12. Yaponiyadagi Purin laqabli it bir daqiqa ichida 14ta to'pni tutib, oldingi rekordini yangiladi. "Darvozabon”ning oldingi rekordi 11ta to'p edi.

Manba: xabardor.uz

Яндекс.Метрика