У нас есть только
оригинальные песни

Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi

calendar 11.08.2018
1048

Davlat statistika qo'mitasi yanvar-iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma`lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 11,8 foizga oshgan. 2017 yilning shu davrida 79441 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2018 yilda - 94371.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 8,1 foizga kamaydi. 2017 yilda - 2350 dona, 2018 yilda - 1923.

Avtobuslar ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 6,3 foiz (2017 yilda 477 dona, 2018 yilda 303 dona).

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 11,8 foizga oshdi. 2017 yilda 59395 dona dvigatel chiqarilgan bo'lsa, 2018 yilda - 70534.

 

Яндекс.Метрика