У нас есть только
оригинальные песни

Rim papasi Apple rahbari bilan uchrashdi va internetni “tangri inoyati” deb atadi

calendar 23.01.2016
1003

Rim papasi Frantsisk Vatikanda Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk bilan yopiq uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Suhbat tafsilotlari keltirilmayapti, biroq uchrashuv natijalariga ko'ra Frantsisk internet, ijtimoiy tarmoqlar va matnli xabarlar “agar ulardan to'g'ri foydalanilsa, Tangri inoyati ekanligini” aytdi.

“Muomalaning samimiyligi, insonlar qalbi va bizning ularni donolik bilan ishlatish qobiliyatimizni texnologiyalar belgilamaydi”, deb aytdi Rim papasi.

2014 yilda Frantsisk yoshlarni internetda kamroq vaqt o'tkazishga, “smartfonlar ekrani oldida kamroq vaqt o'tkazish” va yon-atrofga ko'proq e'tibor qaratishga chaqirgan edi. O'shanda pontifik texnik taraqqiyot mahsullari hayotni yaxshilashiga ishonishini, biroq uning o'rnini bosishi kerakmasligini aytgandi.

Biroq hozir u “internetdan ne'matlar bilan bo'lishishga tayyor sog'lom jamiyatni qurishda foydalanish mumkinligini” ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar munosabatlarning rivojlanishiga ko'mak berishi ham, jamiyatda tavofut keltirib chiqarishi ham mumkin.

Яндекс.Метрика