У нас есть только
оригинальные песни

Rim papasi zirhli papamobildan voz kechdi

calendar 08.01.2017
1340

Rim papasi Fransisk o‘z vazifadoshlaridan farqli o‘laroq, chet elga safarlari chog‘ida zirhli avtomobilda harakatlanmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi Reuters. Bu haqda pontifik italiyalik jurnalist va Vatikan bo‘yicha mutaxassis Andrea Torniyellining “Sayohat” kitobiga yozgan so‘zboshida aytib o‘tdi.

Ruhoniyning aniqlik kiritishicha, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qaramay, u odamlarga yaqin bo‘lishni istaydi. “Balki bu tentaklikdir, biroq shuni aytishim kerakki, men o‘zim uchun hech ham xavotirlanmayman. Ammo men bilan birga sayohat qiladigan va men turli mamlakatlarda uchratadigan odamlar haqida tashvishlanaman”, — deya qayd etdi Rim papasi.

U, shuningdek, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari zarur ekanligini tushunishini, biroq “yepiskop — bu ruhoniy, ota ekanligi hamda u va odamlar o‘rtasida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerakligi”ni qo‘shimcha qildi.

Reuters ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida Italiya politsiyasi Yevropada teraktlar ko‘paygani tufayli Vatikan hududida xavfsizlik choralarini ancha kuchaytirdi. Shunga qaramay, Fransisk Rim bo‘ylab hamon Ford Focus’da harakatlanib, soqchilari ko‘zga tashlanmasligini talab qilmoqda.

Яндекс.Метрика