У нас есть только
оригинальные песни

Rio—2016 ning qahramon bokschilari Astana Arlans bilan ringga chiqib, ertasigayoq Bangkokka jo‘nab ketadi

calendar 30.03.2017
1938

O‘zbekiston boks delegatsiyasi Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar nomiga oydinlik kiritilmagan bo‘lsa-da, ularning har biri yetti nafardan bokschi bilan yetib kelishi aniq. O‘zbekiston delegatsiyasi bu borada Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etgan 4 nafar charm qo‘lqop ustasi xizmatidan foydalanadi: Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Murod Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov.

1-aprel kuni Uzbek Tigers jamoasi WSB guruh bosqichining so‘nggi turida Astana Arlans jamoasini qabul qiladi. Tomonlarning Qozog‘istondagi bellashuvi Uzbek Tigersning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgan.

Qiziq tomoni, Bangkokdagi turnir 3-8-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Astana Arlansga qarshi jang qiladigan uch bokschi — Hasanboy Do‘stmatov, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov oradan ikki kun o‘tib start oladigan turnirda ham O‘zbekiston sharafini himoya qilishi kerak.

Tailandga boradigan tarkib

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov
-52 kg: Jasur Latipov
-56 kg: Shahobiddin Zoirov
-60 kg: Murod Ahmadaliyev
-64 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Shahram G‘iyosov
-75 kg: Isroil Madrimov

Яндекс.Метрика