У нас есть только
оригинальные песни

Rio—2016 oltin medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarning bronza haykalchalari MOQ uchun sovg‘a sifatida taqdim etildi

calendar 06.01.2017
1900

Rio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan uch nafar bokschi — Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov va Fazliddin G‘oibnazarov, shuningdek, og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning bronzadan ishlangan haykalchalari Milliy olimpiya qo‘mitasi uchun taqdim etildi.

Bunda haykaltaroshlar Rio qahramonlarining muxlislar yodida qolgan siymosini gavdalantirishga harakat qilgan. Masalan, Nuriddinov eng og‘ir toshni o‘ziga bo‘ysundirganida, tilini chiqarib olgandi. Ijod namunasida bu nazardan chetda qolib ketmagan.

Hasanboy Do‘stmatovning g‘olib deb e’lon qilingan vaqtdagi yuz ifodasi va qo‘l harakatlari, Faziddin G‘oibnazarovning esa maykasiz obrazi bronzadan ishlangan. Ruslan Nuriddinov qo‘lida shtanga ko‘tarib turgani uchun, uning ortida mamlakat bayrog‘i aks etmagan.

 

Яндекс.Метрика