У нас есть только
оригинальные песни

Rio-de-Janeyroda Fransiya Olimpiya termasi fizioterapevti olamdan o‘tdi

calendar 13.08.2016
1305

Fransiya Olimpiya terma jamoasi fizioterapevti Patrik Bordye Rio-de-Janeyroda olamdan o‘tdi. Bu haqda Fransiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Deni Masselya ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Patrik Bordye juma kunining ikkinchi yarmida vafot etdi. U o‘zi ishlagan har bir sportchi bilan do‘st”, — dedi Masselya.

Shifokorning vafotiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

Яндекс.Метрика