У нас есть только
оригинальные песни

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya stadioni qarzlar sababli chiroqsiz qoldi

calendar 05.01.2016
981

Rio-de-Janeyrodagi Nilton Santos nomli Olimpiya stadioni 250 ming dollar miqdoridagi qarzi sababli elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Shahar meriyasi “Botafogo” futbol jamoasi qarzdor ekanini ma'lum qilgan. Jamoa matbuot xizmati esa to'lovlar uchun shahar hukumati javobgar, deb hisoblamoqda. 
Mazkur stadionda 2016 yilda yozgi Olimpiya o'yinlari doirasida engil atletika bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tishi lozim. Mazkur stadion 2007 yilda Panamerika o'yinlarini o'tkazish uchun ochilgan.

Яндекс.Метрика