У нас есть только
оригинальные песни

Rishod Sobirov 30 yoshida sportchilik faoliyatini yakunladi

calendar 14.02.2017
1418

Dzyudo bo'yicha ikki karra jahon chempioni va uch karra Olimpiada bronza medali sovrindori Rishod Sobirov 30 yoshida sportchilik faoliyatini yakunlashi haqida e`lon qildi. 

Sportchining o'zi ma`lum qilishicha, u dzyudo bo'yicha milliy terma jamoada o'z vazn toifasida (-60/-66 kg) murabbiylik shtabida maslahatchi bo'lib faoliyat olib boradi.

U yoshlarga yo'l berish vaqti kelgani, shu vaqtgacha doimo sportchi sifatida O'zbekistonni ko'kka ko'tarish uchun bor imkoniyatini ishga solgani, endi esa o'zbekistonlik dzyudochilarga maslahatchi murabbiy sifatida yordam berishga harakat qilishi haqida aytib o'tgan.

Rishod Sobirov ikki vazn toifasida Olimpiada sovrindori bo'lgan. U Pekin—2008 va London—2012 Olimpiadalarida -60 kilogramm vaznda gilamga chiqqan va bronza medalini qo'lga kiritgan. 2016 yilgi Rio Olimpiadasida esa -66 kilogramm vazn toifasida sovrindor bo'lgan.

Uning hisobida shuningdek, jahon chempionatining 2ta oltin va bitta bronza medali hamda Jahon kubogi, Gran-Pri va Katta dubulg'a jahon musobaqalarining 17ta (10−4−1) va qit`a birinchiliklarining to'rtta medali (1−1−2) bor.

Яндекс.Метрика