У нас есть только
оригинальные песни

Rishod Sobirov O'zbekistonga Olimpiadadagi ikkinchi medalni keltirdi

calendar 08.08.2016
2011

Olimpiadaning dzyudo sport turi bo'yicha 66 kg gacha vazn toifasida Rishod Sobirov bronza medal' uchun bahsda slovakiyalik Adrian Gombochdan qo'li baland keldi.Sobirov raqibiga avval vazari usulini qo'llab 10 ochko qo'lga kiritdi, so'ngra ippon usuli bilan bahsni muddatidan avval yakunladi.Shu tariqa o'zbekistonlik nomdor sportchi o'z faoliyatida Olimpiadalarning 3-bronza medalini qo'lga kiritdi. U Pekin va London Olimpiadalarida ham bronza medallar sohibi bo'lgandi.Rishod O'zbekiston terma jamoasiga ikkinchi bronza medalini keltirdi. Avvalroq yana bir dzyudochimiz Diyorbek O'rozboYev ham 60 kg gacha vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgandi.66 kg gacha vazn toifasida oltin medalni italiyalik Fabio Basile Janubiy koreyalik An Baulga qarshi kechgan uchrashuvda qo'lga kiritdi. Basile raqibini ippon usuli bilan mag'lub etdi.

Яндекс.Метрика