У нас есть только
оригинальные песни

Ro‘za tutish qanchalik foydali?

calendar 30.05.2017
1839

Ramazon oyida har bir musulmon kishi ro‘za tutishga harakat qiladi. Musulmon olimlar ro‘za tutishning inson organizmi uchun hech qanday zarari yo‘qligi, aksincha, katta foyda keltirishini ta’kidlaydi. “Rossiya dlya vsex” nashri bu masalaga aniqlik kiritishga qaror qildi.

1975-yildayoq taniqli shifokor Allan Kott “Ro‘za hayot tarzi sifatida” kitobida ro‘zaning foydali jihatlarini gapirib o‘tib, u “ovqat hazm qilish va markaziy asab tizimi fiziologik dam olishiga imkon yaratishi, shuningdek, metabolizmni normallashtirishi”ni ta’kidlagan edi.

“Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odam och qolgan vaqtda asab tizimida neyrotrofik faktor ajralib chiqadi, u asab o‘simtalarini o‘stiradi, va shu tariqa miya yaxshiroq ishlashni boshlaydi”, — deya kardiolog German Gandelman o‘z fikrini bayon qildi.

Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ochlik odamning immun tizimini mustahkamlaydi: ro‘za oyida limfa tugunlari faoliyati o‘n marta yaxshilanadi va immun funksiyalarini bajaruvchi hujayralar soni oshadi.

Ro‘za, shuningdek, oshqozon yarasi profilaktikasida ajoyib ish beradi, chunki uning kislotaliligini normallashtiradi.

Kunbotardan erta tong vaqtigacha ro‘zador ma’lum miqdordagi ovqatni kichik porsiyalar bilan yeyishi kerak. Nevrolog Dmitriy Shubinning so‘zlariga ko‘ra, bu qondagi qand miqdorini zarur darajagacha ko‘taradi va odam o‘z organizmini qiynamasdan, yana bir kunni ovqatsiz o‘tkazadi.

Яндекс.Метрика