У нас есть только
оригинальные песни

Robin Uilyamsning bevasi erining o‘limiga depressiya sabab bo‘lganini inkor qildi

calendar 04.11.2015
1161

merikalik aktyor Robin Uilyamsning bevasi Syuzan Uilyams People jurnaliga bergan intervyusida eri depressiya tufayli o‘z joniga qasd qilgani haqidagi versiyani rad etdi.

"Uni depressiya o‘ldirgani yo‘q. Depressiya, aytish joiz bo‘lsa, 50 ta simptomdan biri va juda kichigi edi”, — dedi u.

Uilyams xonim asosiy sababni orttirilgan aqli zaiflik — Levi tanachalariga ega demensiya deb ko‘rsatdi, u vahima hissini oshiradi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishiga va motorika buzilishiga olib kelishi mumkin.

Syuzan Uilyams erida bunday belgilar 2014-yilda paydo bo‘la boshlagani va o‘limidan bir necha oy avval kuchayganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, komediyali filmlardagi rollari bilan tanilgan aktyor 2014-yil 11-avgust kuni Kaliforniyadagi uyida o‘zini osgan.

Яндекс.Метрика