У нас есть только
оригинальные песни

Rokki va Remboning liboslari 3 million dollarga sotildi

calendar 23.12.2015
1376

“Rokki” va “Rembo” filmlari bilan bog‘liq buyumlar savdoga qo‘yilgan auksion 3 million dollar daromad keltirdi, deya xabar beradi Associated Press.

Silvestr Stallonening shaxsiy garderobidagi Rokkining teri kostyumi 149 ming dollarga sotildi, aktyor “Rembo: birinchi qon” filmida paydo bo‘ladigan poncho (o‘rtasida bosh uchun joy qoldirilgan mato) esa 60 ming dollarga xaridorini topdi.

Auksion uch kun davomida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Stallone uning ochilish kuni ishtirok etdi. Savdolardan tushgan mablag‘ning bir qismi urush faxriylar jamg‘armasiga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Яндекс.Метрика