У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldino Vatikanda Rim papasi bilan uchrashdi

calendar 05.02.2016
1490

Braziliyalik hujumchi Ronaldino Vatikanga tashrif buyurdi va Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi.

Uchrashuv futbolchining Scholas Occurrentes nomidagi xalqaro maktablar tarmog'ining Vatikandagi ofisiga tashrifi chog'ida ro'y bergan. Bunday maktablarning birinchisi Argentinada tashkil yetilgan bo'lib, hozirda 5 qit'ada 400 mingga yaqin shunday maktablar faoliyat ko'rsatmoqda. Bu maktablar o'z ichiga sport, fan va texnologiya sohalarni qamraydi.

Pontifik braziliyalik futbolchi bilan iliq ko'rishgan. Qayd yetish kerakki, Frantsisk I futbolning ashaddiy muxlislaridan hisoblanadi va uning yeng sevimli jamoasi Argentinadagi "San-Lorenso de Almagro" (Buenos-Ayres) klubidir. U shuningdek, Turinning "Yuventus" va Myunxenning "Bavariya" jamoalariga ham ishqibozlik qiladi.

Яндекс.Метрика