У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu afsonaviy Pelega tenglashib oldi

calendar 17.12.2017
1192

Madridning “Real”i klublararo jahon chempionati finalida Braziliyaning “Gremio” klubini 1:0 hisobida mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi. Uchrashuv Abu-Dabidagi “Shayx Zayd” stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Krishtianu Ronaldu o'z hisobiga yozib qo'ydi. Krishtianu shu goli evaziga afsonaviy Pelening natijasini qaytara oldi.

Ronalduning bu goli uning klublararo jahon chempionatlarida urgan 7 goli bo'ldi. Portugaliyalik bu nufuzli musobaqada 4-marotaba ishtirok etgan.

Pele ham o'z vaqtida ushbu musobaqaning muqobili bo'lgan Qit`alararo kubok o'yinlarida 7 marta raqiblar darvozalarini ishg'ol qila olgan. Braziliyalik ushbu gollarni 1962 yil va 1963 yillarda “Benfika” (5 ta gol) va “Milan” (2 ta gol) darvozalariga kiritgan.

Яндекс.Метрика