У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu Chempionlar Ligasi uchrashuvida operatordan bekor qilingan gol takrorini ko'rsatishni so'radi

calendar 29.09.2016
1905

Madridning "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidan o'rin olgan "Borussiya"ga qarshi uchrashuvning tanaffusida bekor qilingan gol vaziyatida o'yindan tashqari holat bo'lganiga ishonch hosil qilish uchun operator yoniga keldi. Bu haqda 101 Great goals habarbermoqda

Uchrashuvning 1-bo'limiga qo'shib berilgan vaqtda Ronaldu tomonidan kiritilgan gol britaniyalik hakam Mark Klattenburg tomonidan o'yindan tashqari holat sababli bekor qilingan. 31 yoshli o'yinchi hakamning bu qaroridan norozi bo'ldi va tanaffusga hushtak chalingandan keyin operator yoniga holatning takrorini ko'rish uchun bordi. Takrordan aniqlanishicha, Ronaldu haqiqatan ham o'yindan tashqari holatda bo'lgan.

27 sentyabrda Dortmundda bo'lib o'tgan uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi 1-to'p Ronaldu tomonidan 17-daqiqada kiritildi.

Яндекс.Метрика