У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu endi uyalmasa ham bo'ladi - Zlatan o'ziga yasalayotgan haykalni namoyish etdi

calendar 29.06.2017
2470

«Manchester Yunayted» hujumchisi, tez orada erkin agentga aylanadigan Zlatan Ibrahimovich o'zi uchun yasalayotgan haykalning boshini namoyish qildi. 35 yoshli shvetsiyalik futbolchi Instagramdagi sahifasida o'zining haykali uchun tayyorlangan metall bosh tasvirlangan videorolikni joylashtirgan.

«Shvetsiya ramzi tayyor bo'lib qoldi», - deya yozgan u.

Eslatib o'tamiz, shu yil boshida Portugaliyada haykaltarosh Manuel Santush «Real» hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Garet Beylning byustlarini yasagan, bu ijod namunalari futbolchilarga o'xshamagani uchun hech kimga yoqmagan va haykaltarosh tanqidlarga uchragandi.

Яндекс.Метрика