У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu fanatlar va jurnalistlarni alday olmad

calendar 11.01.2018
1806

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z shaxsiga nisbatan haddan ziyod katta e`tibor tufayli ozor chekmoqda.

The Mirror xabariga ko'ra, futbolchi Madrid restoranlaridan birida ovqatlanib olganidan so'ng, boshiga sharf o'ragan holda, bildirmasdan uni tark etishga urinib ko'rgan. Biroq, poylab turgan fanatlar va jurnalistlarga bu narsa uni tanib olishlari uchun halal bermagan. 

Shundan so'ng, Krishtianu Ronaldu ba`zi muxlislar bilan suratga tushishga majbur bo'lgan. Biroq, boshidagi sharfni yechmasdan voqea joyini tark etgan.

 

Яндекс.Метрика