У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu: Futbol tarixida o‘zimga yorqin joy ta’minlab qo‘yganman

calendar 03.05.2016
1258

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lishiga shubha qilmayapti. Portugaliyalik futbolchining ta’kidlashicha, uning statistikasi bunga dalil bo‘la oladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Odamlarga yoqish-yoqmasligidan qat’i nazar, futbol tarixiga kirishimga shubha qilmayman. Statistika bunga dalil bo‘la oladi. Men afsonalar safiga qo‘shilaman. Kimgadir bu yoqadi, kimgadir esa yo‘q. Kim nima desa desin, ishonchim komil, futbol tarixida o‘zimga yorqin joy ta’minlab qo‘yganman”, – dedi 31 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati doirasida 34 o‘yinda 31 ta gol, YeChLning 10 o‘yinida 16 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. U 2015/16-yilgi mavsumning “Oltin butsa” mukofotiga da’vogarlar safidan joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik forvard faoliyati davomida uchta “Oltin to‘p” va to‘rtta “Oltin butsa” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Яндекс.Метрика