У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu: G'alaba qozonishimizga ishonaman, butun Portugaliya g'olib chiqishimizga ishonadi

calendar 10.07.2016
1600

Portugaliya terma jamoasi hujumchsi Krishtianu Ronaldu Еvro finali arafasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

«Frantsiya – favorit. Axir ular o'z uylarida o'ynashmoqda. Butun mamlakat ularni qo'llab-quvvatlab turibdi. Lekin bu final va har narsa bo'lishi mumkin. Biz barchasiga tayyormiz. Lekin bizga juda qiyin bo'ladi.

Turnir davomida Portugaliyani hali hech kim enga olmadi, frantsuzlar ham buni uddalay olmasligiga umid qilaman.

Agar men Portugaliya terma jamaosi bilan sovrindor bo'lsam, bu katta yutuq. Men hamisha shuni orzu qilganman. 

Men terma jamoamiz g'alabasiga ishonaman, sheriklarim ishonishadi, butun Portugaliya va Frantsiyadagi portugaliyaliklar ishonishadi.

O'zgacha hissiyotlar og'ushidaman. Men yana finalda o'ynayman. Endi men Portugaliya uchun ikkinchi marta final o'yini o'tkazaman», – degan futbolchi.

19 yoshida Ronaldu milliy terma jamoa bilan Еvropa chempionati finalida o'ynagan, ammo o'shanda, 2004 yili Portugaliyada kechgan turnirda g'oliblik Gretsiyaga nasib etgandi.

Portugaliya 10 iyul kuni Еvro-2016 turniri bosh sovrini uchun Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Яндекс.Метрика