У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu haqida ishlangan film taqdimotiga “Real”dan hech kim kelmadi

calendar 11.11.2015
3500

London shahrida “Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida ishlangan film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Tantanali marosimda Ronaldu, uning oilasi, sobiq murabbiylari Karlo Anchelotti, Joze Mourino va Aleks Fergyusonlar ishtirok etdi. Ammo “Real” klubidan hech kim ushbu taqdimotga tashrif buyurmadi. Na bosh murabbiy Rafael Benites va na klub prezidenti Florentino Peres Londonga kelishga qaror qilgan. Shuningdek futbolchilar ham film namoyishiga kelmagan.

Avvalroq “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi haqidagi film premyerasi oldidan muxlislari bilan suratga tushib, uch daqiqada olingan selfilar soni bo‘yicha jahon rekordini yangilashga urinib ko‘rgandi.

Яндекс.Метрика