У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu Italiyada o'z hayoti uchun xavfsiramoqda

calendar 01.09.2018
1216

«Yuventus» klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar klubi rahbariyatdan uch tansoqchini yollashni so'radi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi Gran Mardedagi villasiga taklif qilinmagan mehmonlar kirib kelishidan cho'chimoqda.

Tansoqchilardan biri villani, yana biri futbolchining oilasini, uchinchisi esa hujumchining o'zini qo'riqlashi lozim.

Xabarda aytilishicha, «Kevo» — «Yuventus» o'yinidan avval aksilterror bo'linmalar xavfsizlikni ta`minlashga jalb etilgani Ronalduning xavotirlariga sabab bo'lgan.

Ronaldu «Yuventus»ga shu yilning yozida 112 million yevro evaziga «Real» safidan kelib qo'shildi. 

Rossiyadagi jahon chempionati arafasida Ronalduning xavfsizligini ta`minlash uchun aralash usullar bo'yicha jangchi Gonsalo Salgado va sobiq desantchi Nuno Marekos jalb etilgandi.

Яндекс.Метрика