У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu kamida 7 yilga qamalishi mumkin

calendar 01.08.2017
2961


 

“Real” forvardi Krishtianu Ronaldu soliqlar bilan bog'liq mojaro tufayli qanday jazoga tortilishi mumkinligi ma`lum bo'ldi.

Portugaliya terma jamoasi sardori agarda aybi to'la hajmda isbotlansa, kamida 7 yilga qamalishi mumkin. Bu muddat bir necha martaga kamaytirilishi ham ehtimolga yaqin, biroq bunda Ronaldu soliqlar bo'yicha barcha qarzlar va jarimalarni to'lab berishi lozim bo'ladi. 32 yoshli futbolchi 11 avgustga qadar o'z ishi bo'yicha ma`lum yengilliklar olish imkoniyati ega. 

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011-2014 yillarda soliq idoralaridan 14,7 mln yevroni yashirishda ayblanmoqda.

Яндекс.Метрика