У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu keyingi haftada «Real» bilan shartnomasini uzaytiradi

calendar 06.11.2016
1207

Keyingi haftada «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Xabarga ko'ra, yangi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. 

Bu shartnoma tuzilishiga to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan yagona sabab — oxirgi daqiqalarda Ronaldu tomonidagilar «Real»dan shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirishni talab qilishi bo'lishi mumkin. Lekin buning ehtimoli juda kamligi aytilgan.

Jamoaning Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish istagi portugaliyalik futbolchining klub uchun qanchalik muhimligini ko'rsatmoqda.

31 yoshli Ronaldu «Real»ga «Manchester Yunayted»dan 2009 yili rekord darajadagi 94 mln yevro evaziga kelib qo'shilgandi. Norasmiy ma`lumotlarga ko'ra, u «Qirollik klubi»da yiliga 21 mln yevro (bonuslarni hisobga olmaganda) miqdorida maosh oladi.

Яндекс.Метрика