У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu Lissabonda mehmonhona ochdi

calendar 03.10.2016
1343

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Pestana CR7 brendidagi yana bir mehmonhonaning ochilish marosimida ishtirok etdi. 

«Hayot – faqat futboldan iborat emas. Futbol – mening ehtiroslarim, ammo men o'z kelajagim haqida ham qayg'urishim kerak.

Mening futbolchilik faoliyatimning boshlang'ich qismi Lissabonda kechgan, men bu Yerda 7 yil o'tkazganman. Men bu shaharda mehmonhona ochish imkonini qo'ldan boy bera olmasdim», — degan Ronaldu.

Bungacha futbolchi o'zi tug'ilgan Funshal shahrida ham mehmonhona ochgandi.

O'tgan yili Ronaldu 70 mln Yevrolik 4 ta mehmonhona ochishi ma`lum bo'lgandi.

Mehmonhonalarning 3tasi portugaliyalik futbolchining hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan Funshal, Lissabon va Madrid shaharlarida ochilishi belgilab olingandi.

Shuningdek, mehmonhonalarning biri N'yu-York shahrida ham ochiladi. Aynan shu Yerda Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlashni maqsad qilgani aytiladi.

Яндекс.Метрика