У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu: Messi bilan yaxshi munosabatdaman, u va Neymarga «Oltin to'p» marosimi vaqtida tarjimonlik qildim

calendar 18.01.2016
2854

Madridning «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan aloqalari juda yaxshi ekanini ta'kidlab o'tdi.

«Biz har doim bir-birimizga yaqin bo'lganmiz. Doim u bilan munosabatlarimiz iliq bo'lgan. FIFAning «Oltin to'p» marosimi oldidan men Messi va Neymarga tarjimonlik qildim. Men ularga bu xizmatim uchun keyinroq haqini to'lab qo'yishlarini aytdim», deya kulib qo'ydi Ronaldu.

Madeyradagi haykali chaplab ketilganiga munosabat bildirarkan Ronaldu hammaga birdek yoqib bo'lmasligini ta'kidladi.

«Bu shunchaki oddiy. Kimdir seni yaxshi ko'radi. Boshqasining ko'rishga ko'zi yo'q. Opam haykalni tozalash uchun e'tibor qaratdi. Bor gap shu».

Яндекс.Метрика