У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu: Nega Zidan aynan meni almashtiradi? Bu jonimga tegdi

calendar 27.09.2016
1991

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidanning boshqaruvini tushunmayapti.

U o'zi Ispaniya chempionatining 6-turida «Las-Pal'mas»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan o'yinda zahiraga olingandi. Ronaldu almashtirilgan vaqtda «qaymoqranglilar» jamoasi 2:1 hisobida oldinda borayotgandi. 

Zahira o'rindig'idaligida Ronaldu murabbiyning qaroridan g'azablangan: «Nega Zidan aynan meni almashtirdi? Ahir men barcha ishni bajarayotgandim, biz hisobda oldinda borayotgandik. Bu mening jonimga tegdi», — deya Ronalduning so'zlarini keltirgan Cuatro.

Bundan oldingi habarlarda futbolchi Zidanga qarata ruhsat etilmagan haqoratli so'zlar aytgani haqida ma`lum qilingandi.

O'yindan keyin Zidan futbolchining harakatlaridan qoniqayotgani, uni asrash uchun zahirga olgani haqida aytib o'tgandi.

Яндекс.Метрика