У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu Nike bilan kelishuvga ko'ra umrining oxirigacha har yili 24 mln yevrodan oladi

calendar 14.11.2016
1478

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Nike brendi bilan imzolaydigan shartnoma bandlari oshkor etildi. Sunday times nashrida yozilishicha, kompaniya futbolchiga o'limiga qadar har yili 24 million yevrodan to'lab boradi. Bu shartnoma evaziga 70 yoshga borib Ronaldu milliarderga aylanadi.Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi Nike bilan umrbod shartnoma imzolagan uchinchi sportchi bo'ladi. Bungacha ushbu brend bilan shunday shartnomani basketbolchilar Lebron Jyeyms va Maykl Jordan tuzishgandi.Shu tariqa, ushbu shartnoma 1984 yilda Maykl Jordan bilan imzolangan kelishuvdan so'ng eng yirigi bo'ladi.Ronalduning ushbu kompaniya bilan bir umrlik shartnoma tuzishi haqidagi xabarlar 30 sentabr kuniyoq paydo bo'lgandi. Kompaniya vakillari kelishuv bandlarini ma`lum qilishmagan, lekin Nike va Ronaldu uzoq vaqt davomida hamkorlik qilishi aytilgandi.«Real» hujumchisi 2003 yildan buyon faqat Nike butsalarida maydonga tushib keladi va asosan shu brendning reklama roliklarida ishtirok etadi. OAVdagi ma`lumotlarga ko'ra, futbolchi kameralar qarshisidan boshqa raqobatchi markalar mahsuloti bo'lgan liboslarda ko'rinish bermasligi kerak.2016 yilda Krishtianu Ronaldu Forbes talqiniga ko'ra, yiliga 88 million dollar ishlab topgan holda eng boy sportchilar ro'yxatini boshqardi. Unga jamoasi to'lagan maoshdan va brendlar bilan shartnomalaridan tashqari, o'z brendi ostida faoliyat ko'rsatuvchi, erkaklar liboslari, oyoq kiyimlar va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orqali daromad kelib tushadi.Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval «Real» Ronaldu bilan kelishuvini 2021 yilgacha uzaytirgandi.

Яндекс.Метрика