У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu o'zining barcha shaxsiy sovrinlari bilan suratga tushdi

calendar 02.01.2018
1717

Krishtianu Ronaldu instagramga o'zining barcha shaxsiy sovrinlari bilan birga tushgan suratini namoyish etdi. U o'zining ona vatani Madeyrada suratga tushgan. Ronaldu foto ostida yozuv qoldirgan:

«Madeyra ko'chalarida to'p surar ekanman, men top-futbolchi bo'lish haqida orzu qilardim, ammo kun kelib bunday fotoim bo'lishini tasavvur qila olmasdim. Bu lahzani oilamga, do'stlarimga, men bilan jamoadosh bo'lgan futbolchilar va murabbiylarga bag'ishlayman.

Muxlislarimga esa alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu sizning sovrinlaringiz», – deya yozgan Krishtianu.

Ronaldu – «Oltin to'p»ning 5 karra sohibi, 4 marta «Oltin butsa» olgan, 3 marta UYeFA tomonidan Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan.

Яндекс.Метрика