У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu o'zining mumdan ishlangan nusxasi uchun 20 ming funt sarfladi

calendar 31.08.2015
3077

Madridning "Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu britaniyalik haykaltarosh Maykl Ueydga o'zining mumdan ishlangan haykaliga buyurtma berdi va buning uchun 20 ming funt sterling (30 ming dollar) to'ladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Madrid muzeyida ikki yildan beri tomoshaga qo'yilgan haykalining aynan nusxasini tayyorlab berishni so'radi. Portugaliyalikning aytishicha, u bu haykal bilan Ispaniyadagi uylaridan birini bezatmoqchi. 

"Bizda 2013 yilda Ronaldu haykalini quyish uchun ishlatilgan qolip saqlanib qolgan, shuning uchun bu gal uning haykalini tayyorlash osonroq bo'ladi. Krishtianu bizga haykal uchun butsalari va futbolkasini yuborishga va'da berdi. Bu galgi haykal avvalgisidan faqatgina soch turmagi bilan farq qiladi, xolos. Futbolchi bizga sochlariga tegmasligimizni iltimos qildi. Haykalning soch turmagi bilan uning shaxsiy sartaroshi shug'ullanadigan bo'ldi”, deb aytmoqda haykaltarosh.

Mart oyida Ronaldu Madriddagi mum haykallar muzeyida qo'yilgan haykalining sochi holatini kuzatib turuvchi stilist yollagan edi.

Яндекс.Метрика