У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu: Odamlarning nafrati meni to'xtatib bo'lmas darajaga etkazadi

calendar 24.08.2015
1920


"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z instagrami orqali o'ziga nisbatan muxlislar tomonidan mavjud 2 xil munosabatlarga javob berdi.

"Meni sevuvchilardan kuch olaman. Mandan nafratlanuvchilar esa yanada jo'shqinroq bo'lishim va to'xtatib bo'lmas futbolchiga aylanishimga sababchidirlar", deydi portugaliyalik hujumchi.

Ma'lumot uchun, Ronaldu instagramdan faol ravishda foydalanadi. U bu borada instagramda 30,3 mln obunachisi bor Neymardan keyin 27,9 mln obunachi ko'rsatkichi bilan ikkinchi o'rinda turadi. Messining instagramdagi obunachilari soni esa 23,2 mln nafarni tashkil etmoqda.


Яндекс.Метрика